Maxfiylik siyosati
AvtoLenta qaysi ma'lumotlarni yig'ishi, ulardan qanday foydalanishi, qayerda saqlashi va siz ularni qanday o'chirtirishingiz mumkinligi haqida.
1. Kim javobgar
avtolenta.uz sayti, @avtolentauz Telegram kanali, Telegram botlari va Instagram sahifasi AvtoLenta jamoasi tomonidan yuritiladi. Aloqa: /aloqa sahifasi yoki Telegram bot.
2. Ochiq manbalardan yig'iladigan e'lonlar
Biz ochiq Telegram kanallarida hamma uchun e'lon qilingan avtomobil sotish e'lonlarini avtomatik yig'amiz: matn, rasmlar, narx, sotuvchi telefoni va ismi (agar e'londa bo'lsa).
Bunday e'lonning manbasi (kanal nomi va asl postga havola) faqat moderatorlarga ko'rinadi va ommaga ko'rsatilmaydi. E'lon nashrdan oldin moderatordan o'tadi.
Notanish odamlarga avtomatik xabar yubormaymiz va bu raqamlarni reklama uchun ishlatmaymiz.
3. Sotuvchi telefon raqami
Telefon raqami — e'lonning asosiy qismi va saytda o'zgarishsiz ko'rsatiladi ("Raqamni ko'rsatish" tugmasi orqali). Spam-botlardan himoya uchun bitta IP manzildan so'rovlar soni cheklangan.
E'lon sotilgan yoki arxivlangandan keyin raqam qisman yashiriladi (masalan, +998 90 123 •• ••).
4. Akkaunt va siz bergan ma'lumotlar
Telegram yoki Google orqali kirganingizda: ism, Telegram ID/username yoki email, avatar. O'zingiz joylagan e'lonlar, saqlangan qidiruvlar, sevimlilar va bildirishnoma sozlamalari.
Shikoyat va baholash so'rovlarida IP manzil faqat tuzli xesh (hash) ko'rinishida saqlanadi.
5. Bildirishnomalar
Saqlangan qidiruv, narx o'zgarishi va e'loningiz holati haqida email yoki Telegram bot orqali xabar yuborishimiz mumkin — faqat siz yoqqan bo'lsangiz. Har bir xatda "obunani bekor qilish" havolasi bor; Telegram'da botni to'xtatish yoki kabinetdagi sozlamalar orqali ham o'chirasiz.
6. Cookie fayllar
Faqat zarur cookie'lar: kirish sessiyasi (al_at, al_rt, al_session, al_csrf), mavzu (theme — yorug'/qorong'i) va til (NEXT_LOCALE). Reklama yoki uchinchi tomon kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi.
7. Sayt tezligi statistikasi (RUM)
Sahifa ochilishlarining bir qismida (tanlab olingan namunada) brauzer sahifa tezligi ko'rsatkichlarini (LCP, INP, CLS, TTFB) sahifa turi, qurilma turi va ulanish turi bilan birga yuboradi. Bu ma'lumotlar anonim, cookie yoki akkauntga bog'lanmaydi va faqat jamlangan statistika sifatida saqlanadi.
8. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi
Barcha shaxsiy ma'lumotlar (telefon, ism, akkauntlar) va zaxira nusxalar O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi — "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi ZRU-547-son Qonunga muvofiq. Asl manba rasmlari 180 kundan keyin o'chiriladi.
9. Olib tashlash va shikoyat (24 soat)
E'loningiz roziligingizsiz joylangan bo'lsa — /shikoyat sahifasida e'lon raqamini (AL-…) yuboring yoki Telegram bot orqali yozing. So'rov 24 soat ichida ko'rib chiqiladi; e'lon sayt, Telegram va Instagram'dan olib tashlanadi va raqamingiz qayta avtomatik nashr qilinmasligi uchun bloklanadi.
Akkauntingizni va u bilan bog'liq ma'lumotlarni o'chirishni ham shu yo'l bilan so'rashingiz mumkin.
10. Uchinchi tomonlar
Telegram va Instagram — e'lonlarni nashr qilish uchun; Google — faqat siz Google orqali kirsangiz; email yuborish xizmati — bildirishnomalar uchun. E'lon matnini tahlil qilish uchun AI xizmatiga faqat ochiq e'lon matni yuboriladi. Ma'lumotlar sotilmaydi.
11. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada sana bilan e'lon qilinadi.